top of page

30 daqiqalik konsultatsiya

30 daqiqalik konsultatsiya (jonli suhbat) xizmatidan foydalanish tartibi

Xabaringiz bor, bugungi kunda individual konsultatsiya olish narxi anchagina baland. Lekin, o'zbek xalqida daromad miqdori yuqori emas. Faqatgina puli ko'p insonlar bunday qimmat xizmatlardan foydalanib ketaversa, o'rtahol insonlarni kim o'ylaydi? Men yo'lga qo'gan faoliyat ham asosan o'rtahol insonlar uchun bo'lib, yuragida chet elga ketish o'ti yongan, lekin qanday qilib ketishni bilmay yurganlarga mo'ljallangan. 

​

Hamma ham o'z moliyaviy hayotini o'zgartirish uchun chet elga harakat qilish niyatida bo'ladi. Shaxsan o'zim ham yaxshi eslayman, Kanadaga viza olish uchun hujjatlarimni tayyorlashni boshlaganimda arzonroq narxda konsultatsiya bera oladigan odamni topa olmaganim uchun ham kelajakda o'zim shu ishga qo'l urishni niyat qilib qo'ygan edim. Mana nixoyat shunday kunlarga erishdik. Inson o'z bilimi va tajribasini boshqalarga ulashsa ham o'ziga savob oladi ham boshqalarga foydasi tegadi. 

​

Avvalo bir narsani yaxshi anglashimiz kerak. Kanadaga harakat qilmoqchi bo'lgan inson xarajat qilmasidan iloji yo'q. Bilasiz, chet elda har bir daqiqa g'animat, siz bilan bajonudil erinmasdan birga bir suhbatlashgan bo'lardim, lekin musofirchilikda shunchaki vaqtni havoga uchirish to'g'ri emas. Bu mamlakatga kelish uchun ancha muncha vaqt, asab, mehnat va xarajat sarflaganmiz. Kanadada vaqtdan unumli foydalamasangiz bo'lmaydi, yashash arzon emas, mehnatingiz uchun soatiga haq to'lanadi. 

​

Onlayn tarzda yakkama yakka tashkil qilinadigan suhbatda o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob topishingiz mumkin.

Suhbat vaqti bo'yicha kelishib olishdan avval barcha savollaringizni yig'ib yozib qo'yishni tavsiya qilamiz. Savol-javob jarayonida shoshilib qolmaslik uchun. Vaqti tig'iz ekanligi va murojaat qiluvchilar soni ko'pligini inobatga olib, navbatingizni biroz kutishga to'g'ri kelishi ham mumkin. Konsultatsiyadan so'ng sizga aynan qaysi viza turi to'g'ri kelishi, harakatni nimadan boshlash zarurligi va keyingi qadamlar  qanday bo'lishi bo'yicha yakuniy qarorga kela olasiz. Suhbatdan so'ng Kanada haqidagi barcha haqiqatlarni bilib olasiz va xattoki Kanada haqidagi dunyoqarashingiz mutlaqo o'zgarishi ham mumkin. Sababi ochiqchasiga real haqiqatlarni muhokama qilamiz. Kanadaga qanday qilib bo'lmasin kirib olishning amalda ishlaydigan usullarini holatingizdan kelib chiqib aniqlab olamiz. Yaqin kelajak uchun strategiya tuzib olish va katta-katta va'da beruvchi firibgarlardan ogoh bo'lishingiz uchun ham amalda Kanada hududida yashayotgan insondan real vaziyatni bilib olish muhim.  

​

Men yo'lga qo'ygan 30 daqiqalik konsultatsiya narxi sizning qaysi vizaga harakat qilish vaziyatingizga qarab 25-50 dollar orasida bo'lib, markaziy bank kursi bo'yicha so'mda ham to'lovlar qabul qilinadi. 

​

Taqqoslash uchun: hozirda shu kabi konsultatsiyalarning o'rtacha narxi boshqa mutaxassislarda 100 dollardan 200 dollargacha ekanligini o'zingiz ham internet orqali tekshirib ko'rishingiz mumkin.

​

​Bepul konsultatsiya ham bormi? Albatta. Haftada bir kun jamoaviy tarzda Zoom orqali o'tkaziladi. Savol berish imkoniyati bo'lmaydi. Faqat qaysidir viza bo'yicha batafsil ma'lumot beriladi. Viza olish bilan bog'liq barcha bosqichlar tushuntiriladi. Bugungi kunda asosan Kanadaga o'qish orqali ketish mavzusida bepul konsultatsiyalar o'tkazilmoqda. 

​

Konsultatsiyaga yozilish uchun quyidagi havola yordamida telegram orqali bog'lanishingiz mumkin.

bottom of page